Manba: Do’lana,Yalpiz,Na’matak. Tarkibi: Do’lana mevasi,yalpiz bargi va na’matak mevasi quruq konsentratlari. Vitaminlar: Vitamin A,Vitamin B1,Vitamin B2, Vitamin B5, Vitamin B6, Vitamin B9, Vitamin C, Vitamin D, Vitamin E, Vitamin K, Vitamin PP. Minerallar:Kaliy(K), Rux(Zn), Temir(Fe), Selen(Se), Kalsiy(Ca), Natriy(Na), Magniy(mg), Fosfor(P). Ishlab chiqarish shakli:90dona 0.7g tabletkalar. Foydali xususiyatlari. Yurak va qon-tomir tizimiga ta’siri: KARDIO WS mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi,qon-tomir devorlarini mustahkamlaydi va ularning nozikligini kamaytiradi,arterial qon bosimini va xolesterin miqdorini kamaytirishi tufayli yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.Shuningdek, u qonning lipid spektrini mo’tadillashtirish sababli arteriyalarni aterosklerozdan himoya qiladi,tromblar hosil bo’lishini oldini oladi.Konsentratning bunday ta’sir mexanizmlari stenokardiya va yurak huruji xavfini kamaytiradi,yurak mushaklarining qon haydashi jarayonida ortiqcha toliqishini oldini oladi. Asab tizimiga ta’siri: Konsentrat asab to’qimalari membranalariga mo’tadillashtiruvchi ta’sir o’tkazadi,bu esa ularni stress,uyqusizlik,depressiya kabilardan himoya qiladi,tinchlantiradi va toksin,elektromagnit maydonlari ta’siri natijasida bo’sh radikallardan zararlanishidan himoya qiladi. Bularning barchasi aqliy faoliyatni va keng tarqalgan neyrodegenerativ kasalliklarni- Parkinson va Alsgeymer kasalliklari profilaktikasida foydali ta’sir ko’rsatadi. Antioksidant ta’siri: Konsentrat,o’zining tarkibi tufayli,ichki a’zolar to’qimalarini toksinlar va bo’sh radikallar zararidan himoya qila oladi, bu esa ularning xavfli shishlarga aylanishidan saqlaydi. Hazm qilish tizimi,jigar va detoksikatsiyaga ta’siri: Konsentrat tarkibidagi moddalar jigar to’qimalarini toksin moddalar,bo’sh radikallarning zararidan himoya qiladi. Shuningdek jigar to’qimalarini yangidan hosil bo’lishida yordam beradi.Bundan tashqari, hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ichak motorikasini,ichak mikroflorasini normallashtiradi. Teri va soch salomatligiga ta’siri: Konsentrat terini regeneratsiyasiga,yoriqlar,yaralar tez bitishiga yordam beradi.Shuningdek terining tarangligi,tonusini,rangini yaxshilaydi va ajinlarni kamaytiradi,qarish jarayonini sekinlashtiradi.Bundan tashqari,quruq konsentratni doimiy qabul qilinishi bosh terisining yog’ balansini mo’tadillashtirishga yordam beradi,soch strukturasini mustahkamlaydi va sinishini kamaytiradi,shuningdek o’zagini qurishdan saqlaydi. Ko’z holatiga ta’siri: Konsentrat ko’z shilliq pardasini yaxshilashga yordam beradi,bu esa ko’zni optimal namlanishiga ta’sir qiladi va quruq ko’zlar sindromini kamaytiradi.Bundan tashqari,konsentratning faol moddalari ko’z pardasini antioksidant himoya bilan ta’minlaydi,bu esa yosh kattalashishi bilan kuzatiladigan ko’z pardasi makulasining degeneratsiyasini profilaktikasida yordam beradi. Yallig’lanish va immunitetga ta’siri: To’yinmagan yog’lar va boshqa moddalar sezilarli daraja yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega bo’lib immun tizimining faoliyatini sozlaydi.Immun membranalari to’qimalarining mo’tadillashtirish bo’yicha ta’siri allergiya jarayonini,autoimmun kasalliklar va ularning zo’rayishini kamaytirishga yordam beradi. Qo’llash bo’yicha tavsiyalar: *Yurak va qon-tomir kasalliklari(YuIK, arterial gipertenziya, kardioskleroz, ateroskleroz, aritmiya, ko’krak qafasidagi og’riq)va ularning profilaktikasi; *Bo’g’im kasalliklari(artrit, podagra, revmatizm, bo’g’imlar harakatini ta’minlovchi oqsil va kollagenni organizmdan chiqib ketishini)oldini olishda; *Asab tizimi kasalliklari stress, uyqusizlik, depressiya, yuqori qo’zg’aluvchanlikda, (Alsgeymer,Parkinson)kasalliklari profilaktikasida, miya faoliyatini yaxshilashda; *Teri kasalliklari, husnbuzar, yoshga bog’liq dog’lar, teri qurishi va ekzema kabilarda; *Quruq ko’z sindromi, kompyuterda uzoq ishlash, kontakt linzalaridan foydalanish, qarish sababli ko’z makulasi degeneratsiyasi; *Jigar to’qimalarini dori va alkogolning zararlovchi ta’siridan himoyalash; *Hazm qilish trakti faoliyatini yaxshilash, ich qotishi, qorinda dam bo’lishi va disbakteriozda; Qarshi ko’rsatmalar: Tarkibiy komponentlarga individual noxushlik. Muhim ko’rsatmalar: Dori vositasi emas! Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish taklif etiladi. Qabul qilish usuli va miqdori: Ichga 1 tabletkadan 2-3 mahal. Saqlash shartlari: Quruq joyda xona haroratida saqlansin. Sotish tartibi: Retseptsiz sotiladi.

IMMUNLUKS
Wellness Ca 



Reviews
There are no reviews yet.